17:31 / 21.11.2020
15278
Bayden davlat kotibi lavozimiga kimni tayinlashi aniq bo‘ldi – OAV

Qayd etilishicha, davlat kotibligiga nomzod nomi kelgusi haftada e'lon qilinadi.

Foto: REUTERS/Jonathan Ernst

AQShning saylangan prezidenti Jo Bayden davlat kotibligiga nomzodni aniqlab oldi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib The Hill nashri xabar berdi.

 Qayd etilishicha, davlat kotibligiga nomzod nomi kelgusi haftada e'lon qilinadi.

“Bayden kimning nomzodini ilgari surishi noma'lum, ammo Barak Obama ma'muriyatida ishlagan sobiq rasmiyning aytishicha, diplomat-veteran va Baydenning eski ittifoqchisi Toni Blinken ushbu lavozimga munosib deb hisoblanmoqda”, – deyiladi nashr tomonidan.

Shuningdek, Kris Kus va Kris Merfi, Barak Obamaning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Syuzan Rays ham davlat kotibligiga ehtimoliy nomzodlar sifatida ko‘rilmoqda.

Top