11:57 / 25.11.2020
1940
Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risida umumiy reglament tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasining «Yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy reglamentni tasdiqlash haqida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Getty Images

«Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq yog‘-moy mahsulotlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy reglament tasdiqlandi va u rasmiy e'lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
 
Norma’ning yozishicha, yog‘-moy mahsulotlari reglamentda nazarda tutilgan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyenik normativlarga muvofiq bo‘lishi lozim, ularga rioya etilishi ushbu mahsulotlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish va muomalaga chiqarishda majburiy hisoblanadi.
 
Reglament talablari sanoat usulida ishlab chiqarilmagan, shuningdek ozuqaviy bo‘lmagan yog‘-moy mahsulotlariga tatbiq etilmaydi, tabiiy xom glitserin va xo‘jalik sovuni bundan mustasno.
 
Turli yog‘-moy mahsulotlari, shu jumladan ozuqaviy va ozuqaviy bo‘lmagan mahsulotlar, o‘simlik yog‘lariga qo‘yiladigan talablar reglamentga ilovada keltiriladi.
 
Iste'molchilar tomonidan identifikatsiya qilish uchun mahsulotlar turli guruhlarining xususiyatlari va ularni tasniflovchi belgilar alohida keltiriladi.
 
Hujjat 17.11.2020 yildan kuchga kirdi.

Top