23:40 / 26.11.2020
11988
O‘zbekistonning aksar hududlarida 2 balli zilzila kuzatildi

26 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:27da Afg‘oniston hududida zilzila sodir bo‘ldi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, zilzila episentridan Toshkentgacha masofa janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha 529 km.ni tashkil etadi.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:

  • Toshkent: 529 km, 2 ball.
  • Namangan: 476 km, 2 ball.
  • Andijon: 462 km, 2 ball.
  • Farg‘ona: 409 km, 2 ball.
  • Guliston: 464 km, 2 ball.
  • Jizzax: 472 km, 2 ball.
  • Samarqand: 487 km, 2 ball.
  • Termiz: 345 km, 2 ball.
  • Qarshi: 524 km, 2 ball.

Zilzila koordinatalari: 36,74 gradus shimoliy kenglik; 71,12 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,5. Chuqurlik 10 km.

Top