16:31 / 26.11.2020
1921
Samarqandda 2020 yil nechta ijtimoiy soha obektlari qurildi?

2020 yil 10 yanvardagi «2020 — 2022 yillarda O‘zbekiston respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qaroriga asosan yil davomida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 60 ta ijtimoiy soha obekti qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va mukammal ta'mirlanishi ko‘zda tutilgan edi. Bu maqsadlar uchun 234,9 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgandi.

Ipak yo‘li universiteti binosi

Qurilish va ta'mirlanish ko‘zda tutilgan obektlarning 32 tasi umumta'lim maktablari bo‘lib 2 ta maktab yangi qurilishi, 20 tasi rekonstruksiya va 10 tasi mukammal ta'mirlanishi belgilangan.

Sog‘liqni saqlash tizimida esa 19 ta tibbiyot muassasasi belgilangan bo‘lib, 6 tasida yangi qurilish, 13 tasida esa rekonstruksiya rejalashtirilgan.

Investitsiya dasturiga kiritilgan bugungi kunda 213,6 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi. Jumladan, yilning 9 oy yakuni bilan 52 ta ijtimoiy soha obektlari (29 ta umumta'lim maktabi, 16 ta sog‘liqni saqlash obekti, 7 ta boshqa obekt) foydalanishga topshirildi.

Samarqand shahri "Qorasuv" MFY da 1680 o‘rinli maktab qurilishi
Nurobod tumanidagi 41-sonli umuta'lim maktabi

Mazkur binolardan ikkitasi, ya'ni Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Samarqand viloyat filiali 2019 yildan 2021 yilga o‘tuvchi va Samarqand shahar 3-sonli tug‘ruq bo‘limi hisoblanib, bu yirik obektlar rekonstruksiya qilinishi nazarda tutilgan.

Samarqand shahri “Kimyogarlar” qo‘rg‘onidagi 10-sonli oilaviy poliklinikasi rekonstruksiyasi, Kattaqo‘rg‘on shahar DSENM vaksina ombori qurilish, Qo‘shrabot DSENM ma'muriy binosi qurilishi kabilar shular jumlasidan.

Qo‘shrabot DSENM binosi
Kattaqo‘rg‘on DSENM binosi

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rayosati majlisining Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2020 yilda qo‘shimcha ijtimoiy va infratuzilma obektlarini shakllantirish va amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 2020 yil 4 apreldagi 41-sonli bayoniga asosan 22 ta umumta'lim maktabida rekonstruksiya va mukammal ta'mirlash olib borildi.

Jumladan, 22 ta umumta'lim maktabidagi ishlar umumiy qiymati 57 milliard so‘m bo‘lib, bugungi kunda 54,8 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.

Samarqand shahrida zamonaviy ko‘rinishda 168-o‘rinli Prezident maktabi qurilishi va Samarqand shahri “Qorasuv” MFY da 1680 o‘rinli maktab qurilishi yil yakuniga qadar to‘liq tugatilib foydalanishga topshiriladi.

Bundan tashqari, 9 oy yakuni bilan Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 ta umumta'lim maktablari foydalanishga topshirildi. Ularning 5 tasi rekonstruksiya va 15 tasi mukammal ta'mirdan chiqarildi.

Shuningdek, bu yil turli davlat muassasalari binolari ham qurilib, foydalanishga topshirildi. Ulardan biri Toyloq tumani Charog‘bon mahallasida davlat xizmatlari markazi binosi. Uning qurilishi uchun 2,84 mlrd so‘mlik mablag‘ sarflandi. Davlat xizmatlari markazi uchun yana bir ma'muriy bino Payariq tumanida ham qurib bitkazildi.

Madaniyat uyi
Viloyat axborot-kutubxona markazi

Samarqand shahri Pushkin nomidagi viloyat axborot- kutubxonasi binosi esa mukammal ta'mirlash ishlaridan so‘ng zamonaviy ko‘rinishga kelib uning o‘quvchilar uchun imkoniyatlari yanada oshdi.

Samarqand viloyat hokimligi «Yagona buyurtmachi xizmati»
injiniring kompaniyasi axborot xizmati

Top