18:54 / 28.11.2020
3503
Hongkong rahbari bankda hisob raqami yo‘qligi uchun faqat naqd puldan foydalanishini aytdi

Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng "Hongkong avtonomiyasi tamoyillariga putur yetkazgani" uchun unga nisbatan cheklov choralari kiritilgan. 

Foto: AP

Hongkong ma'muriyati rahbari Kerri Lam bankda hisob raqami yo‘qligi sababli mablag‘larini naqd pul ko‘rinishida saqlashini aytdi.

"Bi-bi-si"ning ma'lum qilishicha, Lam AQSh sanksiyalari tufayli bankda hisob raqami ocholmaydi. Milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonun qabul qilinganidan so‘ng "Hongkong avtonomiyasi tamoyillariga putur yetkazgani" uchun unga nisbatan cheklov choralari kiritilgan. 

 Uning so‘zlariga ko‘ra, uyida "bir uyum naqd pul saqlashga majbur". Lam kundalik hayotda faqat naqd puldan foydalanadi.

U AQSh sanksiyalari ostiga tushishni o‘zi uchun sharaf deb hisoblashini aytarkan, bu cheklovlarni adolatsiz deb atadi.

"Bi-bi-si"ning qayd etishicha, Lamning bu so‘zlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda uning oylik maoshini uyiga qanday yetkazib berishlari to‘g‘risida munozaralar avjiga chiqqan. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, uning yillik maoshi 5,2 mln honkong dollari (670 ming dollar) atrofida.

Top