19:31 / 28.11.2020
5627
Jasur Yaxshiboyev – Belarus chempioni. «Shaxtyor» 15 yil o‘tib oltin medallarga ega chiqdi va YeChLga yo‘llanma oldi

Belarus Oliy ligasi 30-turi doirasida Soligorskning «Shaxtyor» klubi «Minsk» jamoasi ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik yarimhimoyachi Jasurbek Yaxshiboyev shu kuni ham jamoasi tarkibida faol to‘p surib, yakunda muhim g‘alabaga erishdi.

Natijada so‘nggi 30-turda ochkolari sonini 59taga yetkazgan «Shaxtyor» 58 ochkosi bo‘lgan BATEdan bir ochkoga o‘zib, Belarus Oliy Ligasi g‘olibiga aylandi. Soligorsk klubi so‘nggi marta 2005 yilda chempion bo‘lgandi. «Shaxtyor» 2021/22 yilgi mavsumda Chempionlar ligasi saralash bosqichiga yo‘llanma oldi.

Yaxshiboyev chempionat davomida 16ta golga mualliflik qilib, to‘purarlar poygasida 2-o‘rinni egalladi.

Belarus Oliy ligasi. 30-tur.
«Shaxtyor» - «Minsk» - 4:2
Gollar
: Yuriy Kendish 24, Artyom Arxipov 73, 90+8, Roman Begunov 90+2 – Gleb Jyerdev 18, Anton Shramchenko 52.

Top