10:13 / 29.11.2020
4806
Bir nechta davlatlarda yirik narkokartelga qarshi amaliyot o‘tkazildi

Braziliya, Yevropa va Osiyo davlatlarida harakat qiluvchi yirik narkokartelga qarshi bir nechta davlatlarda katta ko‘lamli amaliyot o‘tkazildi. Yevropol ma'lumotlariga ko‘ra, amaliyotda mingga yaqin politsiyachi ishtirok etgan.

Foto: Europol

Amaliyot davomida 180ta manzil bo‘yicha tintuvlar o‘tkazilgan. Yevropolda ta'kidlanishicha, ushbu amaliyot Braziliya bilan 2017 yilda imzolangan hamkorlik kelishuvidan keyin mamlakat politsiyasi bilan o‘tkazilgan eng yirik amaliyot bo‘lgan

Tintuvlar natijalariga ko‘ra, Braziliyada 37ta samolyot va 160ta ko‘chmas mulk obektiga taqiq qo‘yilgan. Bundan tashqari, Braziliya, Belgiya va Ispaniyada jinoyatchilardan 37ta qimmatbaho mashina, Portugaliyada esa 12 mln yevro naqd pul musodara qilingan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, amaliyot davomida 45 gumonlanuvchi hibsga olingan. Qo‘lga olishlarning aksariyati Braziliya, Ispaniya, Belgiya va BAAda amalga oshirilgan. Narkokartel Yevropaga dengiz yo‘li bilan har yil kamida 45 tonna kokain olib kirgan. Ushbu jinoiy to‘da yarim yil ichida 100 mln yevroga yaqin pul ishlab topishga muvaffaq bo‘lgan.  

Top