Yevropol Kiyev bilan birga qurol kontrabandasiga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
YeI politsiya xizmati Ukraina tomoni bilan ish qanday yo‘lga qo‘yilayotganidan mamnun. Yevropol Ukrainadan qurol va o‘q-dorilar savdosi uchun kontrabanda yo‘llari yoki onlayn-platformalardan foydalanish xavfini tan olmoqda.

Foto: EPA
Yevropol Ukraina rasmiylari bilan Yevropa ittifoqida qurol savdosi xavfini kamaytirish uchun yaqindan hamkorlik qilmoqda. Bu haqda YeI politsiya xizmatining 22 iyul, juma kuni e’lon qilingan bayonotida aytiladi. Yevropa muvofiqlashtiruvchi organi o‘qotar qurollarni kuzatish va qidirish masalasida Ukraina tomoniga ishonishlarini hamda 2017 yilda operativ bitim imzolanganidan beri Kiyev bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilganidan mamnun ekanliklarini qayd etdi.
Ukraina huquq-tartibot idoralari «Rossiyaning davom etayotgan harbiy tajovuziga qaramay, YeI ichki xavfsizligi uchun manfaatdor bo‘lgan ishlar» doirasida o‘zaro hamkorlikni davom ettirmoqda», — deya bildirdi Yevropol.
Yevropa politsiya xizmati Ukrainada o‘qotar qurol va o‘q-dorilarning aylanmasi ularning ma’lum kontrabanda yo‘llari yoki onlayn-platformalarda sotish orqali YeIga noqonuniy yetkazib berilishining oshishiga olib kelishi mumkinligini tan oldi. Yevropol «mojaro tugaganidan keyin tahdid yanada kuchayishi mumkinligi» haqida ogohlantirdi.
Avvalroq Yevropol matbuot kotibi Yan Op Gen dpa agentligiga uning xizmati qora bozorda Ukrainadan o‘qotar qurol va boshqa harbiy tovarlar savdosi holatlarini qayd etganini ma’lum qilgandi. Ayrim YeI davlatlarining huquq-tartibot idoralari og‘ir qurollar ham sotilishini istisno etmayapti. «U uyushgan jinoiy guruhlar yoki terrorchilar qo‘liga tushib qolish xavfi bor», — dedi Yevropol vakili.
Darknetda, uning so‘zlariga ko‘ra, Britaniyaning Javelin olib yuriluvchi zenit-raketa majmuasi sotuvga qo‘yilgan. Shu bilan birga, Yevropol bunday takliflar «g‘arb qurollarini yetkazib berishga salbiy munosabatni shakllantirish maqsadida Rossiya tashviqotining bir qismi» bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti.
Yevroparlamentda So‘llar partiyasining Germaniyadan bo‘lgan deputati O‘zlem Alev Demirel Ukrainaga bundesver tomonidan yetkazib berilayotgan qurollar ham noqonuniy yo‘llar bilan YeIga kirishi yoki qora bozorga tushishi mumkinligidan xavotir bildirdi.
Bundestagdagi «Ittifoq-90/Yashillar» fraksiyasi raisi o‘rinbosari, parlamentning maxsus xizmatlarni nazorat qilish qo‘mitasi a’zosi Konstantin fon Nots kontrabandaning oldini olish uchun quroldan foydalanish ustidan samarali nazoratni joriy etish zarur, degan fikrni bildirdi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

23:03 / 23.05.2025
Rossiya asirlar almashinuvi yakunlanishi bilan Ukrainaga o‘zining tinchlik shartlarini taqdim etadi - Lavrov

21:14 / 23.05.2025
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi

15:51 / 23.05.2025
Rossiya memorandumni imzolash uchun Zelenskiyni chetlatishni talab qilmoqda

13:45 / 23.05.2025