07:34 / 30.11.2020
19682
Qorga burkangan Qoraqo‘rg‘on (fotogalereya)

Pichoqlari bilan mashhur Chust o‘zining bahavo tabiati bilan ham Namanganning boshqa hududlaridan ajralib turadi. Ayniqsa, tumanning tog‘oldi hududlarida tabiat juda chiroyli.

Chustning Qoraqo‘rg‘on qishlog‘i ham tumanning tog‘oldi hududida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Qishloqda qir-adirlar ko‘p bo‘lgani tufayli aholi asosan qo‘y va echki boqish, bog‘dorchilik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanadi.

Shahar shovqini, hayot tashvishlaridan toliqqan inson Qoraqo‘rg‘onni ko‘rsa, ruhi ko‘tariladi. Bahorda, daraxtlar yashil bo‘lgan vaqtda go‘zal bo‘luvchi Qoraqo‘rg‘on qishda ham qorga burkanib, o‘zgacha go‘zallik kasb etadi. Qoraqo‘rg‘ondan olingan suratlarni sizga ham ilindik.

Kun.uz muxbiri Tohirjon Tursunov olgan suratlar

Top