Soğliqni saqlaş vazirligi Namanganda önlab bolalarning salomatligi yomonlaşişiga sabab qilib körsatilayotgan «Kaliy yodid 1 mg (0,001) tabletka №100 (Antistrumin)» dori vositasi iste’molini laboratoriya xulosalari çiqqunga qadar zudlik bilan vaqtinça töxtatib turiş haqida topşiriq berdi.
Vazir örinbosari Elmira Bositxonova imzosi bilan çiqarilgan xatda soğliğidan şikoyat qilib kasalxonaga yotqizilgan 71 nafar bolalarning ahvoli yomonlaşişiga kaliy dori vositalari sabab ekani yozilgan. Şu sababli vazirlik barça hududlardagi boşqarmalariga hukumat qarori bilan tayinlangan kaliy preparati iste’molini zudlik bilan vaqtinça töxtatişni topşiriq bergan.

20 sentabrdan Özbekistonda «Yorqin millat» dasturi böyiça yod bilan ta’minlaş işlari boşlangandi. Yod preparatlari Soğliqni saqlaş vazirligi va Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi orqali 3 yoşdan 15 yoşgaça bölgan barça bolalar uçun bepul taqdim etilişi közda tutilgandi.
21 sentabr kuni Namangan viloyati Çust tumanidagi boğçaning ayrim tarbiyalanuvçilari orasida tana harorati kötarilişi, qusiş, qorin oğriği alomatlari kuzatilgani xabar berilgan edi. Dastlabki şikoyat böyiça 5 nafar bola şifoxonaga olib kelingan. Keyinçalik jami 71 nafar bolaning soğliğidan şikoyatlar qayd etilgan va ular tezkorlik bilan şifoxonaga yotqizilgan.
Soğliqni saqlaş vazirligi holat vazirning nazoratida ekanligini ma’lum qildi. Boş prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekşiriş harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.









