Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: O‘zbekistonda Bentley elektromobillari ishlab chiqarilishi mumkin
«O‘zavtosanoat» aksionerlik jamiyati Buyuk Britaniyaning «Bentley» kompaniyasi bilan hamkorlikda 2021 yildan boshlab yangi elektromobillarni ishlab chiqarish bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda Tez News ushbu muzokaralardan xabardor manbaga asoslanib xabar berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, dastlab O‘zbekiston bozori uchun elektr tarmoq orqali quvvatlantiriladigan ikki xil gibrid avtomobillar ishlab chiqarish va sotuv boshlash rejalashtirilmoqda.
2025 yilga borib ushbu brend ostida olti xil gibrid elektromobillar ishlab chiqarilishi mumkin.


Ma'lumot uchun, Rossiyada 8 oktabr kuni Bentley kompaniyasi yangilangan Bentayga avtomobili taqdimotini o‘tkazib, keng ommaga elektromobillar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejasi haqida xabar qilgandi.
- Qayd etish kerakki, hozircha bu ma'lumotni boshqa manbalardan tasdiqlashning imkoni bo‘lmadi, «O‘zavtosanoat» AJ ham bu xabar bo‘yicha rasman izoh bermagan. Shuningdek, xabarda bunday avtomobillar ichki bozor uchun yoki eksportga mo‘ljallanganiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
22:25 / 28.04.2026
BYD kompaniyasi foydasi elektromobillarga bo‘lgan talab pasayishi tufayli ikki baravarga kamaydi
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
20:43 / 23.04.2026
Birinchi Ferrari Luce elektromobili boshlang‘ich narxi 650 ming dollarni tashkil etadi
08:10 / 09.04.2026