11:38 / 05.12.2020
149754
Prezident Davlat xavfsizlik xizmati raisi tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatiga yangi rais tayinlandi. 

Alisher Abrorovich Usmonov O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ish boshladi. 

Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, ushbu tayinlov joriy yil oktyabr oyi oxirlarida amalga oshirilgan.

Alisher Usmonov bundan oldin Davlat xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari sifatida ishlagan. 2007 yilda II darajali «Shon-sharaf» ordeni bilan taqdirlangan.

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi oxirlarida O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Toshmatov prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashiga ishga o‘tkazilgandi. 

Bahodir Toshmatov Xavfsizlik kengashi kotibining Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Top