Qayd etilişiça, Bahodir Toşmatov Xavfsizlik kengaşi kotibining Qurolli Kuçlarni rivojlantiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangan.
Bahodir Toşmatov 1964 yilda tuğilgan, Toşkent oliy umumqöşin qömondonlik bilim yurti, Özbekiston Qurolli Kuçlari akademiyasi, Rossiya Qurolli Kuçlari Boş ştabi Harbiy akademiyasining Oliy akademik kurslarini tamomlagan.
U 2008−2011 yillarda mudofaa vaziri örinbosari va birinçi örinbosari, 2011−2013 yillarda Özbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi bölib işlagan. 2013 yildan 2017 yilgaça mudofaa vazirining birinçi örinbosari sifatida faoliyat körsatgan, 2017 yilning avgustidan Milliy gvardiya qömondoni bölgan.
Bahodir Toşmatov şu yil mart oyidan prezident Davlat xavfsizlik xizmatini boşqarib kelayotgan edi.

















