07:51 / 10.12.2020
18179
Andijonda yer silkinishi qayd etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2020 yil 10 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:02da O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi. 

Yer silkinishi koordinatalari: 40,85 gradus shimoliy kenglik; 72,41 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=2,9. Chuqurlik 25 km. 

Yer silkinishi episentridan Toshkentgacha masofa 272 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.

Yer silkinishi O‘zbekiston hududining Andijon viloyatida sezilgan, kuchi 2 ballni tashkil qilgan.

Top