Andijon viloyatining Andijon tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar bermoqda.
Tört yildan buyon Marhamat tumani rahbari bölgan Bobur Yöldoşev Andijon tumani hokim lavozimida iş boşladi.
Boburbek Yöldoşev 1986 yili Andijon şahrida tuğilgan. 2008 yili Andijon muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.
Mehnat faoliyati davomida statistika, iqtisodiyot, axborot-tahlil va bir qança sohalarda mutaxassis, boşliq örinbosari, bölim boşliği hamda Özbekiston prezidenti administratsiyasi Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan işlaş şu’basi boş inspektori lavozimlarida işlagan.
Bobur Yöldoşev Marhamat tumaniga 2020 yil mayidan buyon hokimlik qilib kelayotgandi. U 2022 yil fevralida tumandagi öqituvçilarni ota-onalar majlisida uzr söraşga majbur qilgani bilan maşhur bölgandi.
U endi 2022 yil dekabridan buyon Andijon tumaniga hokimlik qilib kelgan Baxtiyor Mamatkarimov örnini egalladi.
- Bundan oldin Buloqboşi va Marhamat tumanlariga yangi rahbarlar tayinlangandi. Xususan, Buloqboşi tumaniga 7 yil hokimlik qilgan Ötkirbek Ma’murov Marhamat tumani hokimi lavozimiga ötkazildi. Buloqboşi tumaniga Furqatbek Bötaxonov yangi hokim böldi. U uşbu tuman hokimining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

















