11:35 / 10.12.2020
6225
IIV O‘zbekistonda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqida tarqalgan ma'lumotlar haqiqatdan yiroqligini bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston bo‘ylab bola o‘g‘rilari paydo bo‘lganligi to‘g‘risida ma'lumotlar keng tarqaldi.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu ma'lumotlar haqiqatdan yiroq. Shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab harakatlanib yurgan va voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoiy guruhlar paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘qligi aytiladi.
  
IIV asossiz ma'lumotlar tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha chora ko‘rmoqda. 

«Hurmatli fuqarolar, sizdan mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma'lumotlarni tarqatmaslikni so‘raymiz. Vahima va mish-mishlar manbai bo‘lib qolmang. 

Agarda sizda biror-bir ma'lumot bo‘lsa ichki ishlar organlari bilan bog‘lanib, uni aniqlashtirib oling», - deyiladi xabarda.

Top