11:24 / 11.12.2020
2337
Afrika g‘arb davlatlaridan ortiqcha vaksina bilan bo‘lishishni iltimos qildi 

Afrika koronavirusga qarshi vaksinalarning katta qismini sotib olgan g‘arb davlatlaridan ortiqcha vaksinalar bilan bo‘lishishni iltimos qildi.

Foto: news.24tv.ua

Ayni vaqtda ba'zi davlatlar koronavirusga qarshi vaksinadan keragidan ko‘p buyurtirgan. Afrika ittifoqining kasalliklarni nazorat qilish va ular oldini olish markazlari direktori Jon Nkengasong ushbu davlatlar o‘zlaridagi ortiqcha vaksinalarni Afrika davlatlariga berishlari kerakligini aytdi, deb xabar berdi The Guardian nashri.

“Ba'zi davlatlar keragidan 3-4, hattoki 5 marta ortiq vaksinaga ega”, deb aytgan Nkengasong.

Uning fikricha, vaksinani keragidan ortiq zaxiralab qo‘ygan davlatlar Afrikadagi nochor davlatlarga yordam berishi lozim. Biroq u bunday davlatlar qaysilar ekanligini aytmagan.  

Nkengasongning ta'kidlashicha, BMTda maxsus yig‘ilishda koronavirusga qarshi vaksinalar va dori vositalarining adolatli taqsimlanishi masalasini ko‘rib chiqish lozim. 

Nashrda ta'kidlanishicha, 70ta nochor davlatning 10 fuqarosidan 9 nafari 2021 yilda vaksinani olishi dargumon, chunki vaksinalarning katta qismini g‘arb davlatlari xarid qilib bo‘lgan. 

Top