Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Osimhen - Afrikaning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi, Bunu - eng yaxshi darvozabon, Rikrokiy - eng yaxshi murabbiy
Afrika qit’asida yilning eng yaxshilari aniqlandi.
«Napoli» klubi va Nigeriya milliy jamoasi hujumchisi Viktor Osimhen ovozlar soniga ko‘ra Muhammad Saloh («Liverpul»/Misr) va Ashraf Hakimini («PSJ»/Marokash) ortda qoldirib, eng yaxshi o‘yinchi sifatida e’tirof etildi.
2022/23 yilgi mavsumda Osimhen neapolliklar tarkibida 26ta gol bilan Italiya chempioni va A Seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U Afrika Millatlar Kubogi saralashida Nigeriya safida 10 ta gol urdi va saralashning ham eng yaxshi to‘purariga aylandi.
Yilning eng yaxshi darvozaboni sovrini «Al Hilol»ning marokashlik posboni Yosin Bunuga topshirildi. Shuningdek, sovringa Andre Onana («Manchester Yunayted», Kamerun) va Muhammad Ash Shenavi («Al Ahli Qohira», Misr) da’vogarlik qilgan edi.
Volid Rikrokiy yilning eng yaxshi murabbiyi deb tan olindi. Uning boshqaruvida Marokash milliy jamoasi 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yarimfinalgacha yetib bordi.
Mavzuga oid
08:31
Afrikada qit’adagi ilk megaaeroport qurilishi boshlandi
23:35 / 17.06.2026
“Qora qit’a”ni qutqarmoqchi bo‘lgan Rayan - afrikaliklar uchun quduq qazib bergan 6 yoshli bola
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026