20:00 / 12.12.2020
5401
Ark Buloq xalqaro savdo majmuasida do‘konlar sotuvi davom etmoqda

Shu kunlarda «Ark Buloq» bojxona posti yaqinida barpo etilayotgan Ark Buloq xalqaro innovatsion savdo majmuasida do‘konlar sotuvining ikkinchi bosqichi boshlandi. Ishlab chiqaruvchilar, tadbirkor va ishbilarmonlarga o‘z faoliyatlarini yanada samaraliroq yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashadigan majmua qulayliklari soha vakillarini bee'tibor qoldirmaydi, albatta.

Qurilish mollari, elektro va maishiy jixozlar savdo xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan yangi xalqaro majmuada 750 ta do‘kondan iborat bo‘lib, ikkinchi bosqichda yana 250 ta do‘kon sotuvga chiqarilgan.

Bu yerda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun qulay biznes muhiti yaratilgan bo‘lib, do‘konlar asosan qurilish mollari mahsulotlari savdosiga moslab qurilgan. Bu ushbu turdagi mahsulotlar eksport va importi bilan shug‘ullanadigan ishbilarmonlar uchun ayni muddaodir.

Do‘konlar eni 22 kv.m.dan 160 kv.m.gacha, balandligi 4,5–5,5 metrgacha bo‘lib, turli xil kattalikdagi uskunalar, jihozlarni joylashda qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Bundan tashqari, do‘konlarning tepa qismida ijara asosida beriladigan omborxonalar ham bor. U yerda istalgan turdagi tovarlarni xavfsiz saqlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, alohida umumiy ombor ham bo‘lib, katta partiyadagi tovarlar aylanmasi vaqtida yuklarni olib kirish va olib chiqib ketishda yengillik beradi. Eni 10 metrli keng yo‘llar esa yuk mashinalarining majmua bo‘ylab, erkin harakatlanishiga sharoit yaratadi.

Savdo markazining yana bir o‘ziga xos jihati shundaki, unda yetkazib berish xizmati ham mavjud. Ushbu xizmatning maxsus yuk avtomobillari muntazam ravishda tovarlarni belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetib borishini ta'minlaydi, tovar egasini yetkazib beruvchilarni izlab yurishdan xalos etadi.

Majmua to‘liq ishga tushgach, bu yerga nafaqat yirik ishbilarmonlar, balki mahalliy xaridorlar ham tashrif buyurib, qulay narxlarda xaridlarni amalga oshirishlari mumkin. Qulay narxlar deyilishiga sabab, ushbu yirik savdo kompleksi tadbirkorlarni ortiqcha ovoragarchilik va sarf-xarajatlardan qutqaradi. Bu esa o‘z-o‘zidan har qanday turdagi mahsulotning sotuv narxi mo‘'tadilligini ta'minlaydi.

Ark Buloq innovatsion savdo majmuasi oldida joylashgan yirik avtoturargoh maydoni 2,5 gektarni tashkil qilib, uning old tarafiga 2000 dan ortiq, orqa tarafiga esa 3000 dan ziyod yengil va yuk avtomobillari sig‘adi. Parking hududining kattaligi har qanday ehtimoliy tirbandliklarning oldini oladi, yo‘l yoqasidagi avtomobillar harakatiga xalal bermaydi. Loyihada bularning barchasi hisobga olingan.

Ko‘plab xizmatlarning birgina majmuada mujassamligi eksport va import tovarlari aylanmasida anchagina mablag‘ va vaqtni tejaydi. Masalan, tovarlarni eksport qilish vaqtida tashuvchilar shahar bo‘ylab harakatlanib o‘tirmay, shu yerning o‘zidayoq barcha masalaga yechim topishlari mumkin. Majmuaning xalqaro logistika xizmati qo‘shni davlatlar: Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bo‘ylab amalga oshiriladi. Shuningdek, Respublikaning g‘arbiy va janubiy mintaqalaridan kirib keladigan tovarlar ham shu yerda rasmiylashtirilib, kerakli manzilga yetkaziladi.

Ark Buloq – xalqaro innovatsion savdo majmuasi taklif etayotgan qulayliklar tufayli bu yerda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lganlar safi kundan kunga ortib bormoqda. Uning afzalliklaridan yana biri shundaki, bu yerdan do‘kon sotib olish vaqtida xaridorga 15 foizgacha chegirmalar, shuningdek, 3 yil davomida 39 foiz keshbek beriladi. Birdaniga to‘lov qilish qobiliyatiga ega bo‘lmagan talabgorlar muddatli to‘lov asosida ham sotib olishlari mumkin. Do‘kon sotib oluvchiga foydalanishga tayyor, pardozlash ishlari yakunlangan holatda topshiriladi.

Yirik savdo markazi, logistika xizmati, ulkan ombor va yana ko‘plab qulayliklarni taklif etayotgan Ark Buloq – xalqaro innovatsion savdo majmuasi qisqa fursatda Markaziy Osiyoda yetakchi iqtisodiy zonalardan biriga aylanishi kutilmoqda. Shunday ekan, hamkorlikka shoshiling! Sababi, savdo kunlari va sotuvga qo‘yilgan do‘konlar soni cheklangan.

Ark Buloq o‘z biznesini yanada rivojlantirmoqchi bo‘lganlar uchun qulay imkoniyatdir.

Telefonlar:

+998956068888

+998955155588

Website: arkbuloq.uz

Instagram: arkbuloq

Facebook: arkbuloq

Telegram: t.me/arkbuloqsavdomarkazi

Manzil: Eski Ark Buloq ombori

Reklama huquqi asosida

Top