Hech kimga sir emaski, sarmoya kiritish orqali daromadni ko‘paytirishning ajoyib usuli bu – o‘z shaxsiy biznesingizni yo‘lga qo‘yish hisoblangan, ayniqsa bu borada yuqori puxta o‘ylangan, sifatli g‘oyaga ega bo‘lsangiz. Ta'kidlash joizki, bugungi kun – zamonaviy davr talablariga javob beruvchi savdo-qurilish segmentida butkul yangi qiyofa kasb etuvchi Ark Buloq singari jiddiy va ishonchli loyihalarga sarmoya kiritish vaqti keldi!

Foto: Ark Buloq

Ark Buloq xalqaro savdo markazi - bu ulgurji savdo sohasidagi yirik tijoriy obekt bo‘lib, umumiy maydon hududi 32 gektarni tashkil etadi, shundan 6,5 gektarida 750 dan ortiq qurilish mollari do‘konlari, tirbandlik muammosidan xoli joyda tashkil topgan 5 mingta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargohlar, ofis va omborxonalar o‘rin olgan hamda bu yerda 2022 yilga kelib qurilish osti 8 gektar maydonda 1000 dan ortiq ulgurji oziq-ovqat do‘konlari qad rostlaydi.

Ta'kidlash joizki, Ark Buloq qurilishning birinchi bosqichi bo‘lgan qurilish mollari uchun mo‘ljallangan savdo markazi loyihasini Mustaqilligimizning 30 yilligiga muvaffaqiyatli yakunlab, endilikda tadbirkorlar uchun qurilishning ikkinchi bosqichi – oziq-ovqat do‘konlari loyihasini taqdim etmoqda. Qurilish ikki bosqichda amalga oshirilib, loyiha to‘laqonligicha O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan holda tantanali topshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, kelgusida qurilishning 3-bosqichi – zamonaviy logistika tizimi va bojxona omborlari uchun inshootlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: Ark Buloq

Yangi qad rostlayotgan savdo markazi zamonaviy fuqarolarning turmush tarzi va xarid qilish jarayonidagi istaklaridan kelib chiqqan holda qurilmoqda. Ark Buloq savdo majmuasi 3 qavatli bino va yerto‘la uchun mo‘ljallangan maxsus joylardan iborat. Loyiha xaridorlar ehtiyoji uchun zarur barcha tijorat mahsulotlari savdosini ko‘zda tutadi: 1-qavatda oziq-ovqat, nooziq-ovqat, bolalar o‘yinchoqlari, sport tovarlari, chinni buyumlari; 2-qavatda elektronika va maishiy texnika, telefon va aksessuarlar, parfyumeriya, sovg‘a va suvenirlar; 3-qavatda tekstil mahsulotlari. Yangi qurilayotgan do‘konlar ham Ark Buloq xalqaro savdo markazi hududida joylashganligi tufayli ularga ham talab juda yuqori bo‘ladi. Ushbu noyob imkoniyat natijasida siz do‘konlarni xarid qilish yoki sotib olingan do‘konlarni ijaraga berish imkoniga ega bo‘lasiz va keyinchalik daromadingizni birmuncha ko‘paytirasiz.