09:11 / 14.12.2020
6881
Toshkentda tezyurar avtobuslarning dastlabki yo‘nalishlari ma'lum bo‘ldi

Hozirgi kunda xorijiy konsultantlar tomonidan 3ta yo‘nalishda tezyurar avtobus xizmatini tashkil etish taklif etilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, “Chilonzor buyum bozori”, “Chorsu” savdo markazi, “TTZ” yo‘nalishlarida BRT (Bus Rapid Transit) tezyurar avtobus xizmati yo‘lga qo‘yilishi kutilyapti.

Bunda, “Chilonzor buyum bozori” – “Chorsu” savdo markazi yo‘nalishining o‘rtacha masofasi 20,6 km.ni, o‘rtacha qatnov vaqti 50 daqiqani, oraliq interval 4 daqiqani va tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 42 ming nafarni tashkil etadi.
 
Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Navoiy ko‘chasi - 6,2 km, Shahrisabz ko‘chasi - 3,2 km, Sh.Rustaveli ko‘chasi - 6,2 km, Gavhar ko‘chasi - 2,4 km, Bunyodkor ko‘chasi - 2,6 km.

“Chorsu” savdo markazi – “TTZ” yo‘nalishi o‘rtacha masofasi 20 km.ni tashkil etib, o‘rtacha qatnov vaqti 48 daqiqaga, oraliq interval 3 daqiqaga, kunlik tashilishi kutilayotgan yo‘lovchilarning o‘rtacha oqimi 27 ming nafarga teng bo‘ladi.

Yo‘nalish harakatlanadigan ko‘chalar: Yuzrabod ko‘chasi - 2,18 km, Feruza ko‘chasi - 1,72 km, M.Ulug‘bek ko‘chasi - 7 km, Maxtumquli ko‘chasi - 1,8 km; Shahrisabz ko‘chasi - 1,1 km, Navoiy ko‘chasi - 6,2 km.

Ushbu alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etish orqali 122 mingdan ziyod yo‘lovchilarga transport xizmatlarini ko‘rsatish rejalashtirilmoqda.

Yo‘nalishlarda joylashgan 36ta chorrahani qayta loyihalash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, alohida yo‘laklarda harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarini takrorlovchi 50ta  avtobus va 8ta yo‘nalishli taksi harakatiga o‘zgartirish kiritiladi.

Top