Tarmoqlarda Oloy bozoridan Çilonzor 25-dahasigaça harakatlanuvçi 2-avtobus bilan boğliq videolar tarqaldi. Lavhada avtobus bekatda töxtab, yölovçilarni tuşirgan, oxirgi fuqaro tuşib ulgurmasidan transport eşiklari yopilgan. Oqibatda yölovçining qöli qisilib qolgan va avtobus harakatlangan. Vaziyatga guvoh boşqa odamlar haydovçini töxtatgan. 

“Toşşahartransxizmat” munosabatiga köra, holat 4 aprel sanasida 145-maktab bekatida sodir bölgan. AJ e’lon qilgan videoda haydovçi yölovçini körmay qolganini aytib ötgan. 

“Eşiklarimni oçib, yölovçilarimni tuşirganimdan söng, harakatni davom ettiriş vaqtida eşiklarimni yopdim, yopayotgan paytimda orqa eşikdan tösatdan yoşi uluğ inson tuşib qoldi. Men harakatni davom ettirib, buni sezmay qoldim. 

Joyda harakatimni töxtatib, [yölovçining] oldiga borib, vaziyatni tuşuntirganimda, “bolam, sen ketaver, mening özimda ham xato böldi, hammasi yaxşi, ketaver”, deganlaridan keyin yönalişim böylab harakatni davom ettirib ketdim”, – deydi u. 

Haydovçi sözining söngida barça hamkasblarini ziyraklikka çaqirib, odamlardan uzr söragan. 

“7-avtobus saroyi” harakat xavfsizligini nazorat qiliş bölimi yetakçi mutaxassisi Islombek Uluğbekovning ta’kidlaşiça, bu haydovçi bilan mehnat şartnomasi bekor qilingan. Mutaxassis bu kabi holatlarning oldi olinişi uçun har kuni avtobus boşqaruvçilari bilan tuşuntiriş işlari olib borilişini ma’lum qilgan.