Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshshahartransxizmat» ishi doirasida yana bir necha kishi ushlandi
Jamiyat mansabdorlari til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.
Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan transport sohasida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida «Toshshahartransxizmat» AJ tizimida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, «Toshshahartransxizmat» AJ boshqaruv raisi D.A., bosh muhandisi A.A. hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlari T.D. va I.B. o‘zaro til biriktirib, avtobus saroylaridagi ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilish yo‘li bilan davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda iqtisodiy zarar yetkazishgan.
Hozirda holat yuzasidan DXX Tergov boshqarmasi tomonidan «Toshshahartransxizmat» AJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, AJ raisi va bosh muhandisi hamda 1 va 8-avtobus saroyi filiallari rahbarlariga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
- Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida «Toshshahartransxizmat» AJ raisi (bir vaqtning o‘zida Transport vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan) Anvar Jo‘rayev qamoqqa olingani xabar qilingandi.
- Anvar Jo‘rayev 2017-2018 yillarda «Toshshahartransxizmat» raisi bo‘lgan, biroz muddat ishdan olinib, 2019 yilda yana shu lavozimga qaytarilgan.
Mavzuga oid
11:43 / 22.01.2026
Toshkentda noqulay ob-havo: avtobus intervallari uzayishi mumkin
11:34 / 22.01.2026
Toshkentda chang avtobusda yo‘lovchilar tashilgan holat ortidan mas’ullar jazolandi
15:59 / 08.01.2026
Toshkentda qarama-qarshi yo‘ldan harakatlangan elektrobus bo‘yicha rasmiy izoh berildi
10:03 / 25.12.2025