20:33 / 18.12.2020
2007
Dunyo bo‘yicha koronavirusga qarshi emlanganlar soni bir milliondan oshdi

Eng ko‘p emlanganlar soni Xitoyda bo‘lib, 28 noyabr holatiga bu yerda 650 ming kishi vaksinatsiya qilingan.

Foto: EPA

Dunyoning to‘rt mamlakatida vaksinatsiya kampaniyasi o‘tkazilmoqda va ayni paytga kelib bir milliondan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Ma'lumot berilishicha, 1,1 million nafardan ortiq kishi emlangan bo‘lib, bular Buyuk Britaniya, AQSh, Xitoy va Rossiya fuqarolaridir.

Eng ko‘p emlanganlar soni Xitoyda bo‘lib, 28 noyabr holatiga bu yerda 650 ming kishi vaksinatsiya qilingan.

Buyuk Britaniyada 15 dekabr holatiga emlanganlar soni 137,8 ming, Rossiyada esa 320 ming kishini tashkil etmoqda.

 AQShda vaksinatsiya ishlari ushbu haftada boshlangan. Bu yerda 17 dekabr holatiga 50 mingga yaqin kishi emlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top