27 mart kuni Ispaniya tomonidan taqdim qilingan 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinasi Özbekistonga yetkazildi va aeroportda mamlakat mas’ullariga topşirildi.
SSV matbuot xizmat aniqlik kiritişiça, natijada, mart oyida Özbekistonga olib kelingan koronavirusga qarşi vaksinalar miqdori 2 960 640 dozani taşkil qildi.
Uşbu Pfizer vaksinalari Şvetsiya, Italiya, Çexiya, Xorvatiya va Ispaniya tomonidan taqdim qilindi.
«Pfizer (TRIS, RTU original)ning boşqa turdagi vaksinalardan, şuningdek, uşbu Pfizer’ning avvalgi versiyalaridan farqi şuki, yangi partiya vaksinalari virusning eng sönggi ştammlariga ta’sir qiliş imkoniyati yuqori. Uşbu vaksinalar yurtimizga COVAX dasturi doirasida yetkazib berilmoqda», deydi Sanitariya-epidemiologiya qömitasi bölim boşliği Dilorom Tursunova.
Özbekistonga taqdim qilingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagiça:
- Şvetsiyadan – 722 880 doza;
- Italiyadan – 702 720 doza;
- Ispaniyadan – 800 640 doza;
- Çexiyadan – 446 400 doza;
- Xorvatiyadan – 288 000 doza vaksina keltirilgan.
Ma’lumot uçun, uç kundan keyin Özbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarşi emlaş tadbirlari boşlanganiga 2 yil töladi.














