09:19 / 19.12.2020
11135
O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish hajmi oshdi

Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yil yanvar-noyabr oylarida yirik sanoat korxonalari tomonidan ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi haqida ma'lumot berdi.

Xususan, yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oshgan. 2019 yilning shu davrida 253 421 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 260 862 dona.

Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2020 yil yanvar-noyabr oylarida 73 871 dona Cobalt, 62 302 dona Nexia T-250, 45 835 dona Lacetti-Gentra, 48 284 dona Damas, 22 458 dona Spark hamda 8 112 dona Labo avtomobili ishlab chiqarildi.

Yuk avtomobillarini ishlab chiqarish kamaydi. 2019 yilda - 5 056 dona, 2020 yilda - 3 726.

Avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish ko‘paydi. 2019 yilda 186,4 ming dona dvigatel chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yilda - 210,4 ming.

Top