17:20 / 21.12.2020
13348
Markaziy Afrika respublikasi hukumati mamlakatga Rossiyaning yuzlab harbiylari yetib kelganini ma'lum qildi

 Rossiya qo‘riqlash tashkilotlarining xususiy jangchilari MAR prezidenti Fosten Arkanj Tuaderani qo‘riqlaydi, rossiyalik harbiy maslahatchilar esa mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya Markaziy Afrika respublikasiga bir necha yuz nafar harbiylarini va harbiy texnika jo‘natdi, deb ma'lum qildi MAR hukumati vakili Anj Maksim Kazagi.

Le Figaro nashrining yozishicha, gap muntazam qo‘shinlar harbiy xizmatchilari va og‘ir harbiy texnika haqida bormoqda.

Kazagi mamlakatga kelgan harbiylarning aniq sonini aytmagan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Ruanda ham MARga bir necha yuz nafar askarini jo‘natgan.

Rossiya qo‘riqlash tashkilotlarining xususiy jangchilari MAR prezidenti Fosten Arkanj Tuaderani qo‘riqlaydi, rossiyalik harbiy maslahatchilar esa mahalliy harbiylarni tayyorlash bilan shug‘ullanadi, deb yozadi Le Figaro.

O‘tgan shanba kuni hukumatga qarshi bo‘lgan isyonchilar mamlakat poytaxtidan 107 kilometr uzoqlikda joylashgan Mbaiki shahrini o‘z nazoratlariga oldi. Bundan avval esa Boda shahrini egallashgandi.

Top