13:10 / 21.12.2020
8867
«O‘zmetkombinat» AJdan biznes uchun ajoyib takliflar

«O‘zmetkombinat» AJdan jismoniy va yuridik shaxslar uchun ajoyib taklif

Endilikda topshirilgan metallolomning har bir kilogramm metallolom narxi jismoniy shaxslar uchun 800 so‘m o‘rniga 1100 so‘m, yuridik shaxslar uchun 1000 so‘mdan 1200 so‘mdan va davlat idoralari uchun 1000 so‘mdan belgilandi.

Keling, mumkin bo‘lgan daromadni hisoblab chiqamiz!

Bu shuni anglatadiki, agar siz yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsangiz, siz 1000 kg metallolom uchun 1,2 million so‘m daromad olasiz. Metallolom og‘ir narsa bo‘lgani uchun 1000 kg metallolom yig‘ish qiyin ish bulmaydi.

  • 1000 kg – 1,2 million so‘m;
  • 10.000 kg – 12 million so‘m;
  • 100.000 kg – 120 million so‘m!

Biz ishonamizki, kichik qishlog‘ingizning o‘zidan bemalol 100 tonnadan ortiq turli-tuman temir jihozlar, metall parchalarini to‘play olasiz! Faqat, buni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ysangiz bas!

«O‘zmetkombinat» AJ siz topshirgan metallolomni qayta ishlab, xalq iste'moliga mo‘ljallangan keng turdagi xo‘jalik mollari, xususan, bazalt asosidagi issiqlik o‘tkazmas materiallaripo‘lat simlar va armaturacirlangan po‘lat buyumlarpayvandlash elektrodlari hamda to‘rsimon va tikanli simlar va boshqa keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Qiziqdingizmi? Bugundan boshlang!

Eslatma 1: Agar Sizda 200 kilogrammdan ortiq metallolom bo‘lsa, bizda manzilingizdan olib ketish imkoniyati mavjudligini e'lon qilamiz.

Eslatma 2: Mijozlar uchun qulaylik yaratish maqsadida «Ikkilamchiqorametallar» boshqarmasi tomonidan yagona aloqa markazi (Call Senter ish vaqti dushanbadan shanbagacha 9:00 dan 18:00 gacha) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, barcha kerakli ma'lumotlarni +998555010707 raqamidan olishingiz mumkin.

Eslatma 3: Hududiy filiallarda metallolom topshirish jarayonida muammoga duch kelsangiz +998911903007 raqamiga murojaat etishingiz so‘raladi.

«O‘zmetkombinat» AJga qarashli obektlar sotuvi e'lon qilinadi

To‘g‘ridan to‘g‘ri erkin sotuvdagi mulklar:

Toshkent viloyati, Bekobod shahri, Me'mor ko‘chasi 39-uyda joylashgan, umumiy yer maydoni 3200 kv. metrdan iborat bo‘lgan DP «Bekobod Trast biznes universal ulgurji savdo bazasi» binosi.
Boshlang‘ich bahosi – 554 868 100 so‘m

Toshkent viloyati, Bekobod tumani, «Taqachi» MFY hududida joylashgan, umumiy yer maydoni 26 955 kv. metrdan iborat bo‘lgan ferma binosi.
Boshlang‘ich bahosi – 2 053 603 300 so‘m

Toshkent viloyati, Olmaliq shahri, Oydin Hayot ko‘chasida joylashgan, umumiy yer maydoni 3000 kv. metrdan iborat bo‘lgan «Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasi».
Boshlang‘ich bahosi – 610 766 000 so‘m

Ochiq auksion savdosi asosidagi mulklar:

Toshkent viloyati, Bekobod shahar, «O‘zbekiston» MFY, Sirdaryo ko‘chasida joylashgan «DONATA PHARMA» MChJning mol-mulki, umumiy yer maydoni 9479 kv. metr.

Boshlang‘ich bahosi – 39 473 587 384 so‘m

Jizzax viloyati Yangiobod tumani «Sovot» QFY Sohibkor qishlog‘i hududida joylashgan «UMK YaNGIOBOD ChORVA» MChJ (Qo‘ychilik fermasi), umumiy yer maydoni 13,18 gektar, (qo‘shimcha chorvachilik uchun 409,24 gektar yer 40 yil muddatga ajratib berilgan).

Boshlang‘ich bahosi – 9 664 260 376 so‘m

Toshkent viloyati, Bekobod shahar, Navoiy mahallasida joylashgan «BEKOBOD-UMK-PARRANDA» MChJ (Parrandachilik va cho‘chqachilik fermasi), umumiy yer maydoni 4,8 gektar.

Boshlang‘ich bahosi – 10 466 393 210 so‘m

Toshkent viloyati Bekobod shahri Me'mor ko‘chasi 1-uyda joylashgan «Bekobod g‘isht invest» MChJning mol-mulki, umumiy yer maydoni 9,16 gektar.

Boshlang‘ich bahosi – 11 448 133 000 so‘m

Toshkent viloyati Bekobod shahri Me'mor ko‘chasi 266-uyda joylashgan «Avtobus taksi saroyi» MChJning mol-mulki, umumiy yer maydoni 3,9 gektar.

Boshlang‘ich bahosi – 11 065 399 000 so‘m

Toshkent viloyati, Bekobod tumani, «Ilg‘or» MFYda joylashgan «Baliqchilik» umumiy yer maydoni 10,2 gektar (yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi: ijara, foydalanish muddati: 49 yil).

Boshlang‘ich bahosi – 3 990 275 000 so‘m

Toshkent viloyati Bekobod tumani «Oqtepa» MFY Obihayot ko‘chasida joylashgan «UMK BEKOBOD ChORVA» MChJning mol-mulki, umumiy yer maydoni 12,5 gektar.

Boshlang‘ich bahosi – 35 554 233 000 so‘m

“O‘zmetkombinat” AJ asosli sabablarga ko‘ra narxni teng qismda to‘lash bilan obektlarni qismlarga bo‘lib sotish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqishi mumkin.

Obektlarni tanlov asosida sotib olish bo‘yicha takliflarni qabul qilishning oxirgi muddati 2021-yil 04-yanvar soat 15:00 gacha.

Erkin savdodagi mulklar bo‘yicha quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari orqali

Murojaat uchun tel: +99870 214-09-10

Elektron pochta: info@uzbeksteel.uz

«O‘zmetkombinat» AJga murojaat qilishingiz mumkin.

Ochiq auksion savdosidagi mulklar bo‘yicha quyidagi bog‘lanish ma'lumotlari orqali

Murojaat uchun tel: +99895 199-12-21

Elektron pochta: kmsxuz@inbox.uz

«Ko‘chmas mulk savdo xizmati» MChJning Toshkent mintaqaviy filialiga murojaat qilishingiz mumkin.

«O‘zmetkombinat» AJdan manfaatli takliflarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida

Top