Uzoq yillardan beri “Özmetkombinat” bilan daval xomaşyosini qayta işlaş şartnomasi asosida işlab kelgan tadbirkorlar 2017 yilda yoppasiga tergovga jalb qilinadi. Ularga hujjatlarni qalbakilaştiriş, soxta tadbirkorlik, “Özmetkombinat” mulkini talon-toroj qiliş, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş va boşqa bir qator ayblovlar qöyiladi.

Yakunda Toşkent viloyat sudining 2020 yil 15 maydagi hukmi bilan “Özmetkombinat” işi böyiça jami 28 kişi Jinoyat kodeksining bir neçta moddalari bilan aybdor deb topiladi.

Toşkent viloyat sudi apellyatsiya sudlov hay'atining 2021 yil 23 martdagi ajrimi bilan hukm qisman özgartirilib, faqatgina bir sudlanuvçidan 243-modda böyiça ayblov olib taşlanib, sudlanuvçilarga nisbatan örnatilgan ayrim taqiqlar bekor qilinadi.

Sudlanuvçi Sanobar Yoqubova iş böyiça tergov jarayonidagi xotiralarini sözlab berdi.

Sanobar Yoqubova

“2017 yil dekabr oyidan meni tergovga çaqirişdi. Davlatga zarar yetkazganligimni va uni tölab qöyişimni aytişdi. “Şu pulni tölasangiz, ketaverasiz, sizga tegmaymiz” deyişdi. Tanişlarimdan qarz olib, bu pulni tölaşga tuşdim. Turli qörqitişlar bilan pulni (2018 yil) mart oyigaça tölattirişdi. May oyida ayblov e'lon qilişdi. Nega bunday qilişganini sörasam, “pulni töladingiz-ku, demak aybdorsiz” deyişdi.

Tergov jarayonida şaxsiy advokatimni kirgazişmadi, “davlat tomonidan advokat beramiz” deyişdi. Tergovga ertalab 10da çaqirişadi, şu bilan keçki soat 11-12gaça uşlab ötirişadi. U yerda bizni heç kim eşitmadi. Öşa vaqti hammani ketma-ket qamab taşlayverganidan, qolaversa yarim keçasigaça uşlab ötirişganidan keyin uyga tezroq qaytiş uçun ham ayrim qoğozlarga öqimasdan ham qöl qöyib yubordim. Prokuraturada bunday nohaqliklar böladi, deb kutmagandim” – deydi Sanobar Yoqubova.

Yana bir sudlanuvçi Farhod Jörayev ham tergov davrida boşidan ötkazganlarini hikoya qildi.

Farhod Jörayev

“Yuragimni operatsiya qildirgan bölişimga qaramasdan, qölimga kişan taqib, urişib, “pulni qayerga berkitgansan” deb söraşdi. Men “Özmetkombinat” bilan daval şartnomasi asosida, ya'ni çiqindi metallarni yiğib, qayta işlab berişga topşiriş asosida işlaganimni aytdim. Hamma işimni qonuniy qilganman, 2010 yildan 2017 yilgaça davlatga 6 mlrd sömga yaqin soliq tölaganman. 2017 yildan beri tergov 2 yil böldi, undan keyin sud boşlandi, lekin sud haligaça yakuniga yetgani yöq