Özbekiston Metallurgiya kombinati bugun sohaga innovatsiya va raqamli texnologiyalarni joriy etişga jiddiy kirişmoqda. Buni kombinat içki tizimini raqamlaştirişdan taşqari, kombinat işlab çiqarayotgan mahsulotlar savdo tizimini ham raqamlaştirayotganidan bilsa böladi. Tizimni raqamlaştiriş, eng avvalo, kombinat faoliyati şaffofligiga, qolaversa, mehnat unumdorligi va iş sifati oşişiga özining ijobiy ta’sirini körsatadi. 

Xaridorlar bilan munosabatlar şaffofligiga erişiş maqsadida Axborot texnologiyalari hamda Marketing va mahsulotlarni sotiş departamentlari özaro hamkorlikda E-navbat axborot tizimini joriy etdi. E-navbat kombinat va xaridor örtasida aylanayotgan hujjatlar tizimini elektronlaştiradi. Ya’ni, xaridor kombinatga kelmasdan turib ham uning hududiga kirib-çiqişi uçun maxsus ruxsatnoma-barkoddan öz mobil telefoni orqali foydalanişi mumkin. Kombinatga kelib mahsulotlarni olib çiqib ketmoqçi bölgan xaridor barkodni nazorat ötiş joyi oldidagi monoblokka skanerlaydi va ekranda xaridorning pasport ma’lumotlari hamda yuk olib ketiladigan maşinaning texnik pasport ma’lumotlari paydo böladi. Şu bilan birga, nazorat ötiş joyiga örnatilgan maxsus kameralar hududga kirgan avtomaşina raqamini tasvirga tuşiriş orqali uning hududga kirib-çiqişi uçun maxsus ruxsatnomasini ekranga çiqaradi. 

Şundan söng, xaridor yuqoridagi ma’lumotlar asosida kombinat hududiga kiradi va yuklar ortiladi. Ortilgan yuklarga QR-kod yopiştiriladi. Nazorat ötiş joyida QR-kod orqali yuklar tekşirib çiqariladi. Şundan sönggina, xaridor yuklarni öz manziliga yetkazişi mumkin. 

Tizim özining şaffofligi, iş unumdorligi va vaqt tejamkorligi kabi afzalliklarga ega ekani kombinat bilan hamkorlikda işlovçi deyarli barça uçun manzur bölmoqda.

"Özmetkombinat" dan ijtimoiy tarmoqlar orqali foydali takliflarni kuzatib boring:

Telegram: t.me/umk_matbuot_xizmati

Facebook: fb.com/matbuot

Instagram: instagram.com/umk_matbuot_xizmati/