13:11 / 21.12.2020
14155
Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida xalq ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tib, unda tashkiliy masala ko‘rildi. Samarqand viloyati Xalq ta'limi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, Zebiniso Shodiyeva Samarqand viloyati xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Zebiniso Shodiyeva shu vaqtga qadar Samarqand tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 

Boshqarmaga 2019 yil sentyabridan buyon Saydiahmat Usmonov rahbarlik qilib kelayotgandi.

Top