10:28 / 23.12.2020
3394
O‘zbekiston 1,2 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qildi

O‘zbekistonda joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 1 mlrd 200 mln 324 ming AQSh dollari qiymatidagi 609,4 ming tonnadan ortiq to‘qimachilik mahsulotlari eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi saytida ma'lum qilindi.

Mazkur yilda 2019 yilning aynan shu davriga nisbatan respublikadan 5332 tonna ko‘p to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilindi.

Bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, to‘qimachilik mahsulotlarining 32 foizi Xitoyga, 23 foizi Rossiyaga, 18 foizi Turkiyaga va 9 foizi Eronga eksport qilingan.

Shuningdek, joriy yilda to‘qimachilik mahsulotlarining eksporti qiymati Peruga 13,1 barobarga, Pokistonga 1,8 barobarga, Litvaga 1,8 barobarga, Polshaga 1,7 barobarga, Germaniyaga 1,7 barobarga, Portugaliyaga 1,4 barobarga va Bangladeshga 1,4 barobarga ortgan.

Joriy yildan ilk bor Singapur, Bosniya va Gersegovina, Braziliya, Makedoniya, Janubiy Afrika, Paragvay va Slovakiyaga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Top