Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondan Yevroittifoq mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 1,2 mlrd dollargacha yetadi
Joriy yilning 30 noyabrida Yevropa komissiyasi O‘zbekistonning preferensiyalarning umumiy tizimi plyus – «GSP+»dan foydalanuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qildi.
«GSP+» tizimi taqdim etilib, joriy qilingandan so‘ng o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashi mumkin. O‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Yevropa ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishi mumkin bo‘lgan tovarlar soni 6200 taga ko‘payadi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, «GSP+»ga muvofiq, dastlabki bosqichda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 300 million AQSh dollarini tashkil etadi, keyinchalik, 2025 yilga kelib, 1,2 milliard AQSh dollarigacha o‘sishi aytilmoqda.
Hozirda O‘zbekiston 2,1 milliard dollardan ortiq to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilmoqda. Eksport qilinayotgan mahsulotlarning aksariyati MDH mamlakatlari, Turkiya va Xitoy bozorlariga yo‘naltiriladi. Atigi 60 million dollar Yevropa ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi.
2019 yil natijalariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport 56,7 million dollarni tashkil etdi, joriy yilning yanvar-oktyabr oylari uchun - 62,5 million dollar.
«GSP+» tizimi joriy qilingandan so‘ng Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan hamkorlikka qiziqishi ortadi, «GSP+» maqomi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshiradi.
Mavzuga oid
08:21 / 01.06.2026
Xitoyning ikki yirik kompaniyasi O‘zbekiston bozoriga kirish niyatida
11:30 / 05.01.2026
O‘zbekiston to‘qimachilik eksportida tayyor mahsulotlar yetakchi bo‘ldi
23:25 / 23.12.2025
To‘qimachilikda ishlab chiqarish hajmini 147 trillion so‘mga yetkazish maqsad qilindi
15:34 / 17.12.2025