Prezident raisligida töqimaçilik sohasida eksport va investitsiya hajmlarini oşiriş masalalari yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda Töqimaçilik uyuşmasi faoliyatini ham faollaştiriş zarurligi ta’kidlandi.
Klasterlar uyuşmasi va Töqimaçilik uyuşmasini birlaştirib, yagona “xomaşyodan tayyor mahsulotgaça” tizimini yaratiş taklif qilindi.
Sohadagi muammolarni tadbirkordan yaxşi biladigan odam yöqligi bois, uyuşmani töqimaçilikning har bir yönalişidagi tadbirkorlardan iborat kengaş boşqaradi.
Uyuşma klasterlar va töqimaçilik korxonalariga mahsulot, investitsiya, eksport va iş örinlarini köpaytirişga kömaklaşişi, brendlar bilan işlaşning yaxlit tizimini yölga qöyişi, xalqaro sertifikatlarga ega eksportçilar sonini oşirişi, yetakçi sorsing, brend va riteylerlarni jalb qilişi, Yevropa davlatlarida keng qamrovli tarğibot tadbirlarini ötkazişi muhimligi qayd etildi.
Şuningdek, klasterlarda ilm-fan va amaliyot uyğunligini ta’minlaş maqsadida ularda tadqiqot (R&D) guruhlarini taşkil etiş taklif etildi.













