17:39 / 25.12.2020
9761
Maykl Jyeksonning mashhur ranchosi 22 mln dollarga sotildi

2015 yilda ushbu ranchoning qiymati 100 mln dollar deb baholangan.

Foto: Frazer Harrison / Getty Images

AQShda marhum qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning Neverland ranchosi sotildi, deb xabar bermoqda VVS.

Xabarda aytilishicha, Kaliforniyada joylashgan ranchoni Jyeksonning sobiq do‘sti va milliarder Ron Barkl 22 million dollarga sotib olgan.

Jyeksonning o‘zi bu ranchoni 19,5 million dollarga sotib olgan va Neverland deb nom bergandi.

2015 yilda ushbu ranchoning qiymati 100 mln dollar deb baholangan.

Maykl Jyekson 2009 yil iyunda Los-Anjyelesdagi uyida vafot etgandi. Jyekson og‘riq qoldiruvchi kuchli dori vositasidan ko‘p miqdorda iste'mol qilishi oqibatida uning yuragi to‘xtab qolgan.

Top