Amerikalik marhum qöşiqçi Maykl Jyeksonning qarindoşlari HBO telekanaliga qarşi sudni yutib çiqişdi. Ular qöşiqçi bolalar nomusiga tegişda ayblangan “Neverlendni tark etib” (Leaving Neverland) hujjatli filmi doirasida sudga şikoyat qilişgan.

Qöşiqçi oila a'zolarining ta'kidlaşiça, HBO 1992 yilda tuzilgan şartnomaga köra, Jyeksonning konsert turi haqidagi “The Dangerous Tour” filmini namoyiş qiliş huquqini bir şart bilan qölga kiritgan: telekanal 27 yil davomida marhum qöşiqçini obrösizlantiruvçi birorta materialni namoyiş qilmasligi kerak bölgan.

Biroq 2019 yilda telekanal Den Ridning “Leaving Neverland” filmini namoyiş qilgan. Unda ikki erkak - Ueyd Robson va Jyeyms Seyfçak bolaligida Jyekson tomonidan jinsiy zöravonlikka uçragani haqida sözlab beradi. 

HBO vakillarining ta'kidlaşiça, şartnomaning yuqorida keltirilgan şarti hozirgi vaziyatga heç qanday aloqasi yöq.

Biroq sud 1992 yildagi kelişuvga ikki tomonning roziligi bilan erişilgani va 28 yil ötganiga qaramay, hozirda ham kuçga egaligi haqida qaror çiqargan. Şu sababli HBO şartnomani buzgani uçun Jyekson oilasiga 100 mln dollar tölab berişi kerak böladi.

Telekanal hozirça sud qaroriga izoh bermagan. 

“Pop musiqa qiroli” 2009 yil 50 yoşida vafot etgan. Qöşiqçining ölimiga şaxsiy şifokori Konrad Myurrey tomonidan unga kiritilgan anestetik inʼeksiyasi sabab bölgan.