Maykl Jyekson eng serdaromad marhum kishilar reytingida yetakchilikni boy berdi
Amerikalik marhum pop qiroli Maykl Jyekson o‘z merosi hamon daromad keltirayotgan marhum taniqli insonlar reytingida yetakchilikni yo‘qotdi. U Forbes tomonidan tuziladigan ushbu reytingda 2013 yildan beri 1-o‘rinni egallab kelayotgandi.

Foto: Chris Buzelli / Forbes
Reytingga 13 kishi kiritilgan bo‘lib, ular merosi keltirgan daromad deyarli 1 trln dollarni tashkil qilgan.
Ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasidan britaniyalik yozuvchi, “Charli va shokolad fabrikasi” hamda “Matilda” kitoblari muallifi Roald Dal (1916-1990) joy olgan. 2021 yil sentyabrda uning merosxo‘rlari Netflix striming xizmatiga Roald Dahl Story kompaniyasini sotishgan. 2022 yil dekabrda yozuvchining asarlari asosida “Matilda”, 2023 yilda esa “Charli va shokolad fabrikasi” filmlarining yangi versiyalari chiqariladi.

Foto: Forbes
2-o‘rinni amerikalik qo‘shiqchi Prins (1958-2016) egalladi. Uning uch merosxo‘ri o‘zlariga tegishli ulushni, jumladan qo‘shiqchining ashulalariga huquqni umumiy hisobda 108 mln dollarga sotgan.

Foto: Forbes
3-o‘rinni Maykl Jyekson egallagan. U asos solgan Mijac Music leybli 75 mln dollar keltirgan.

Foto: Forbes
Yetakchi o‘ntalikdan, shuningdek rassom Charlz Monro Shuls (1922-2000), bolalar yozuvchisi va multiplikator Teodor Syuz Gaysel, qo‘shiqchi va aktyorlar Bing Krosbi hamda Elvis Presli, golfchi Arnold Palmer, shoir-qo‘shiqchi Jyerri Goffin, qo‘shiqchi Lyuter Vandross, reggi uslubidagi qo‘shiqchi Bob Marli, repchi Juice WRLD va marhum bitlzchi Jon Lennon joy olgan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan

20:42 / 06.10.2024
Forbes eng ko‘p maosh oladigan davlat rahbarlarini e’lon qildi

21:08 / 26.09.2024
«Gazprom» Rossiyaning serdaromad kompaniyalari ro‘yxatidan tushib ketdi

22:27 / 10.08.2024