12:03 / 28.12.2020
11648
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi o‘sishda davom etdi

Markaziy bank xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e'lon qildi. Ushbu almashuv kurslari 29 dekabr kunidan kuchga kiradi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 3,15 so‘mga oshgan va bir dollar 10 476,92 so‘mni tashkil qildi. Dollar kursi qatorasiga to‘qqizinchi hafta ko‘tarilmoqda.

Yevro kursi 49,58 so‘mga pasayib, 12 786,03 so‘mga teng bo‘ldi.

Rubl kursi esa 1,55 so‘mga arzonlagan va 1 rubl 141,27 so‘mni tashkil etgan.

Top