20:05 / 28.12.2020
9922

Xiaomi Mi 11 flagmanini taqdim etdi

U Qualcomm Snapdragon 888 protsessori o‘rnatilgan ilk smartfon hisoblanadi. Qurilmaning minimal konfiguratsiyasi sakkiz gigabayt operativ va 128 yoki 256 gigabayt doimiy xotiraga ega.

Foto: Xiaomi

Xiaomi kompaniyasi Mi 11 turkumidagi flagman smartfonlari taqdimotini o‘tkazdi.

Smartfon 6,81 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan bo‘lib, HDR10+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

U Qualcomm Snapdragon 888 protsessori o‘rnatilgan ilk smartfon hisoblanadi. Qurilmaning minimal konfiguratsiyasi sakkiz gigabayt operativ va 128 yoki 256 gigabayt doimiy xotiraga ega. 

Mi 11 108, 13 va 5 megapikselli uchta kamera bilan jihozlangan. Uning akkumulyatori hajmi 4600 milliamper-soatga teng.  

Sakkiz gigabayt tezkor va 256 gigabayt doimiy xotiraga ega Mi 11 narxi 3999 yuan (613 dollar) deb baholanmoqda. Uning global sotuvi qachondan boshlanishi hozircha ma'lum qilinmayapti.

Mavzuga oid
Top