O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e'lon qilindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, tog‘li hududlarda 2021 yilning 4 yanvar kunidan 8 yanvar kuniga qadar qor ko‘chkisi xavfi mavjud.
«Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda 1050 qisqa raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz», — deyiladi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma'lumotida.