22:24 / 05.01.2021
1730
Britaniya hukumati lokdaun mart oyida yumshatilishiga umid qilmoqda

Dushanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson butun Angliya hududida o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etilishi to‘g‘risida e'lon qildi.

Foto: PA MEDIA

Britaniya hukumati koronavirus sababli e'lon qilingan lokdaun mart oyi boshlarida yumshatilishiga umid qilmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi kotibiyati boshlig‘i Maykl Gouv ma'lum qildi.

 "Mart kelganida cheklovlarni bekor qila oladigan holatda bo‘lishimizga umid qilmoqdamiz. Gap cheklovlarni butunlay bekor qilish to‘g‘risida ketmayapti", - dedi u Sky News efirida.

 Avvalroq lokdaun kamida 15 fevralgacha amal qilishi aytilgandi.

Gouv hukumatning maqsadi aholini koronavirusga qarshi tezroq emlash ekanligi, aynan mana shu chora cheklovlarni yumshatishga imkon berishini aytdi.

Dushanba kuni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson butun Angliya hududida o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish rejimi joriy etilishi to‘g‘risida e'lon qildi.

Bosh vazirning qaroriga muvofiq, hayotiy muhim mahsulotlar bilan savdo qilmaydigan barcha do‘konlar yopiladi. Restoranlar faqat taom yetkazib berish asosida ishlaydi. Maktab va universitetlar masofaviy rejimda faoliyat olib boradi.

Angliya aholisidan ko‘proq uylarida qolish so‘ralmoqda.

Dushanba kuni Buyuk Britaniyada qariyb 59 ming kishida koronavirus aniqlangan, 407 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top