23:29 / 11.01.2021
4122
Saudiya Arabistoni podshohi koronavirusga qarshi emlandi

Saudiya Arabistoni podshohi, 85 yoshli Salmon bin Abdulaziz Ol Saud koronavirusga qarshi emlandi. Saudiya Arabistonida dekabrda Pfizer va BioNTech kompaniyalarining vaksinasini qo‘llashga ruxsat berilgandi. 

Foto: Reuters

“Bugun ikki muqaddas masjid qo‘riqchisi koronavirusga qarshi profilaktik chora sifatida o‘z ixtiyoriga ko‘ra vaksina oldi. Bu tashabbus podshohlik siyosati davolashdan ko‘ra oldini olish yaxshiroq ekanidan iboratligini tasdiqlaydi”, deb aytgan Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri Tofiq bin Fauzan ar-Rabiy.

Saudiya Arabistoni podshohi emlashdan keyin o‘zini qanday his qilayotgani ma'lum qilinmagan.

Saudiya Arabistonida koronavirusga qarshi emlash 17 dekabrda boshlangandi. Shu munosabat bilan mamlakatning barcha hududlarida emlash punktlari ochilgandi. Saudiya valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud 25 dekabrda emlangan. 

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, podshohlikda pandemiya boshidan beri virusga chalinganlar soni 383 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 6,2 mingni tashkil qilmoqda. 

Top