12:00 / 12.01.2021
8380
Faqatgina bir kun: Mediapark onlayn do‘konida realme 7i flagmanini chegirmali narxlarda xarid qiling!

64 megapikselli kuchli kameraga ega bo‘lgan realme 7i flagmanini Mediapark onlayn do‘konida chegirmali narxda xarid qilish mumkin. Faqatgina bir kun, bir soat davomida!

realme hayratlantirishda davom etmoqda: atigi ikki yil ichida kompaniya smatfonlarining sotuvi 50 milliondan oshdi. realme brendining barcha afzalliklariga o‘zingiz ishonch hosil qilishni istaysizmi? Faqatgina 14 yanvar kuni soat 17.00da Mediapark onlayn do‘konida yangi realme 7i smartfonini chegirmali narxda xarid qilish imkoniyati mavjud. Bunday narxni siz boshqa joydan topishingiz qiyin! Chegirmali narx 1 soatgacha davom etadi va aksiyadagi mahsulotlar tugashiga qarab undan oldinroq to‘xtatilishi ham mumkin.

Jahon bozorida tezkor sur'atlar bilan o‘sayotgan brendlardan biri yangi yilning dastlabki kunlarida O‘zbekistonda o‘zining yangi flagmanlari – realme 7i va realme 7 taqdimotini o‘tkazdi.

Yangi smartfonlarning asosiy afzalligi asosiy obektivi 64 Mp bo‘lgan hayratlanarli kvadrokameradir.

Har ikki yangi smartfon ham qulay ishlab chiqarishga ega. Ularning har ikkisidan foydalanish maroqli kechishi kafolatlangan.

realme 7i Snapdragon 662 protsessori va 4 gigabayt operativ xotiraga ega. realme 7 dunyodagi ilk o‘yin protsessori MediaTek Helio G95'ga ega. Sevimli o‘yinlarni o‘ynash qulay, kunlik vazifalarni bajarish esa oson kechadi.

realme 7i smartfoni o‘zining 64 megapikselli kamerasi bilan ijod qilish va o‘z iqtidorini namoyish etish uchun yangi imkoniyatlarni taqdim etadi. Peyzaj, detallar, portretlar, tungi foto va avtoportret – suratga olishning istalgan formati mavjud. Smartfonda tungi filtr bor. 16 megapikselli old kamera raqamli stabilizatsiya va HDR funksiyasiga ega. Bu esa a'lo darajadagi selfi va video demakdir.

Asosiy kamera to‘rt moduldan iborat:

  • 8 megapikselli yuqori keng burchakli obektiv;
  • 2 megapikselli makroobektiv;
  • 2 megapikselli portret obektiv;
  • 64 megapikselli asosiy obektiv.

realme 7 ilk bor qulay va arzon shaklda flagmanlarga xos sifatda suratga olish imkoniyatini taqdim etadi. Flagmanlarga xos sifat esa keng burchakli Quad-kamera Sony 64 Mp'dir.

Har ikki flagman ham 5000 mAch'li akkumulyator bilan jihozlangan. realme 7i batareyasi kutish rejimida 34 kungacha ishlashi mumkin. realme 7 30 vattli quvvatda atigi 26 daqiqa ichida 50 foizga quvvatlanadi.

Smartfonlarda ekran yangilanishining chastotasi – 90 Gs. Displeydagi har qanday harakat kichik yoqimli hodisa singari zavq bag‘ishlaydi.

O‘zbekistonda 7i smartfonini ikki ko‘rinishda – zumrad va ko‘kish qutb, 7 flagmanini esa oynavand ko‘kish va oynavand kumush ranglarida topish mumkin.

realme brendi ilg‘or texnologiyalardan foydalanishni istovchi, ammo narx haqida ham o‘ylaydigan yosh, yorqin va jasur insonlar tanlovi bo‘lishga harakat qilmoqda.

Mazkur smartfonlar sotuvi boshlanishidan avval 14 yanvar kuni soat 17.00da Mediapark onlayn do‘konida uzoq kutilgan realme 7i flagmanini arzon narxda xarid qilish mumkin. Shahar do‘konlarida esa smartfonlar 15 yanvardan keyin sotuvga chiqadi.

Yangiliklar haqida batafsil o‘qib borish uchun:

Instagram: @realmeuzbekistan

Telegram: t.me/uzrealme

Reklama huquqi asosida

Top