Ko‘pincha, avvalo farzandingiz uchun, ikkinchi navbatda esa o‘zingiz uchun yaxshi va arzon smartfonni tanlash kerak bo‘ladi. U har qanday vaziyatda omon qoladigan ishonchli yordamchi va hamroh bo‘la olishi zarur.

O‘zbekiston gadjetlar bozori shunday holatlar uchun uzoq kutilgan smartfon bilan boyimoqda: realme smartfon brendi mamlakat do‘konlarini yangi modellar bilan to‘ldirdi. Yuqori sifatli va arzon smartfonlarni qadrlovchilar endi quyidagi qurilmalarni sotib olishlari mumkin: realme C11, realme X3 va realme 6 Pro, shuningdek realme Buds Air va realme Buds Air Neo simsiz quloqchinlari.

realme C11: batareyalar qiroli

realme C11 - funksional va qulayliklariga nisbatan qimmat bo‘lmagan smartfon, uning afzalliklari: katta va yorqin displey, ikkilangan kamera va 5000 mA/soat quvvatga ega kuchli akkumulyator.

Qurilma 2,3 GGs chastota, 2 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotiraga ega, Helio G35 protsessori bilan jihozlangan. Uskunada microSD karta uchun tirqich mavjud. Operatsion tizim sifatida avvaldan o‘rnatilgan Android 10 ishlaydi.

realme C11'ning asosiy afzalligi 5000 mA/soat quvvatga ega bo‘lgan ajoyib avtonomligidir. Ushbu imkoniyat smartfon orqali 23 soat davomida Full HD sifatli filmni samolyot rejimida o‘rtacha yorqinlikda ko‘rish uchun yetarli bo‘ladi. PUBG o‘yinini maksimal yorqinlikda 8 soat davomida to‘xtovsiz o‘ynash mumkin.

Smartfon 5 megapikselli old kameraga ega. Orqa modul 13 Mp asosiy sensor, 2 Mp chuqurlik sensori va LED chirog‘ini o‘z ichiga oladi. Telefon quloqchinlar uchun mo‘ljallangan 3,5 mm tirqichi bilan sizni quvontiradi.

C11 ikki ajoyib rangda taqdim etilgan: yalpiz-yashil va murch-kulrang tusida. Savdolarning boshlanishi sharafiga realme Mediapark bilan birgalikda 24-sentabr kuni smartfonga 20 foiz chegirma bilan ikkinchi onlayn flesh-savdoni boshlaydi. Chegirmali savdolarning birinchisi o‘tgan hafta bo‘lib o‘tdi va xaridorlar 6 minut ichida 100 ta smartfon sotib olishdi.

realme X3 SuperZoom: 60 karra zum va 120 gigagersli displeyga ega smartfon