19:31 / 16.01.2021
18501
Rossiya bir nechta mamlakatlar bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

Avvalroq O‘zbekiston yetti davlat bilan xalqaro aviareyslar bo‘yicha cheklov muddatini uzaytirgandi.

Foto: TASS

Rossiya 27 yanvardan Finlyandiya, Vetnam, Hindiston va Qatar bilan aviaqatnovlarni tiklaydi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, bu mamlakatlarga parvozlar Moskvadan haftada bir necha marta - Hanoy (Vetnam), Dehli (Hindiston), Helsinkiga (Finlyandiya) — haftada ikki marta, Dohaga (Qatar) — uch marta amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Helsinkiga Sankt-Peterburgdan ham haftada ikki marta qatnov yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, mazkur qaror yuqoridagi davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlashgani hisobga olingan holda qabul qilingan.

Avvalroq O‘zbekiston yetti davlat bilan xalqaro aviareyslar bo‘yicha cheklov muddatini uzaytirgandi.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar 1 fevralga qadar O‘zbekistonga kiritilmasligi belgilangan.

Top