Qayd etilişiça, oxirgi oylarda ayrim xorijiy mamlakatlarda, xususan, Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasida yangi koronavirus infeksiyasi aniqlaniş holatlari soni tubdan oşib ketganligi munosabati bilan, uşbu mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda aksariyat Yevropa va boşqa davlatlar tomonidan epidemiologik vaziyatni murakkablaştirmaslik maqsadida yuqoridagi davlatlar bilan xalqaro aviataşuvlarni çeklaş böyiça qarorlar qabul qilingan edi.

“Şu jumladan, mamlakatimizdagi epidemiologik barqarorlikni saqlab qoliş, koronavirus infeksiyasi tarqalişining yangi öçoqlari paydo bölişiga yöl qöymaslik maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 21 dekabr sanasidan 2021 yil 10 yanvarga qadar Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kiriş, çiqiş va tranzit reyslar orqali respublikaga kiriş) töxtatilgan edi.

Bugungi kunga qadar yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda epidemiologik vaziyat murakkabligi saqlanib qolganligi sababli 2021 yil 10 yanvariga qadar kiritilgan çeklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan joriy yilning 1 fevraliga qadar uzaytirildi”, - deyiladi bayonotda.

Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida sönggi 14 kun davomida bölgan şaxslar yuqoridagi çeklov amal qilgan davr mobaynida Özbekistonga kiritilmasligi belgilangan.

Şuningdek, sönggi 14 kun davomida Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlarida bölgan holda uçinçi davlatlar orqali Özbekistonga kirib kelayotgan Özbekiston fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar 14 kun davomida vaqtinçalik karantinda saqlaş majmuasida yoki tegişli mehmonxonada karantinga olinişi tartibi davom ettiriladi.

Mazkur joriy etilayotgan çeklovlar uşbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat barqarorlaşgani sari bosqiçma-bosqiç bekor qilib boriladi, deyiladi ma'lumotda.