16:00 / 18.01.2021
4561
LG Gallery Design – interer bo‘yicha dizayner orzusi

Hech kim uchun sir emaski, aynan mehmonxonalar barcha oila a'zolarini bir yerga to‘plash markazidir. Bu xonaning asosiy obekti esa televizor. Zamonaviy modellar juda o‘zgarib ketdi, ekranlar diagonallari kattalashdi, tasvir sifati aql bovar qilmas darajada reallashdi, televizorlar qalinligi ko‘rsatkichi esa kamaydi. Endilikda televizorlar uyni bezatishning ajralmas qismiga aylandi. Intererda katta televizorlardan foydalanish esa dizaynerlar uchun haqiqiy vazifaga aylandi.

LG Gallery Design dizaynerlik telvizori san'at obektiga aylantirishga yaqqol misol bo‘ladi. Uning dizayni va ingichka ekrani minimalizm estetikasini saqlagan holda turar-joy muhitiga ergonomik ravishda qo‘shilib ketadi. LG OLED o‘zining birinchi darajali tasvir sifati, ranglarni g‘aroyib tarzda yetkazib berishi, aql bovar qilmas kontrasti, ko‘rish burchaklarining kengligi bilan yaxshi tanilgan.

LG OLED GX uy egalariga o‘z didlari va hayot tarziga rioya etish imkoniyatini berib, har qanday mehmonxonani san'at asariga aylantiradi va intererga to‘laqonli ko‘rinish baxsh etadi. Minimalizmni afzal bilasizmi yoki klassik interer tarafdorimiz – bundan qat'iy nazar, LG OLED GX sizga qulay, zamonaviy va uyg‘un muhit yaratish imkonini beradi.

Televizorning oqilona, minimalistik dizayni intererdagi material va uni bezatishda qo‘llanilgan ranglarga qaramay, har qanday xona uchun a'lo darajada mos keladi. Ingichka va nafis shaklga ega ekran ranglar hashamati va chuqur kontrastni yaratish uchun o‘z-o‘zini yorituvchi piksellardan foydalanuvchi OLED ekranlaridagi tasvir kabi har tomondan chiroyli ko‘rinadi.

LG Gallery Design televizori afzalliklaridan biri – u xonada yaratadigan muhitdir. LG OLED GX devorga osiladigan boshqa modellarga qaraganda joyni ko‘proq tejaydi. Chunki uning ingichka korpusida devorga qotirish uchun maxsus ishlab chiqilgan mahkamlash elementlari mavjud. Bunday mukammal konstruksiya yordamida LG OLED televizorini murakkab dekorativ yechimlarni vizual ravishda og‘irlashtirmasdan xonada osonlik bilan joylashtirish mumkin.

Tovushni yaxshilash uchun OLED GX`ni GX ovoz paneliga, LG televizorining Gallery seriyasidagi innovatsion ovoz (va vizual) hamkoriga ulash mumkin. Ovoz paneli ham minimalistik dizaynda ishlangan va devorga mahkam o‘rnatilishi mumkin. LG kompaniyasining mazkur dizaynerlik yechimi dizaynerlik tasavvuringizni chegaralamagan holda a'lo darajadagi ovoz, tasvirning g‘aroyib sifati bilan ta'minlaydi.

Yangi avlod LG televizorlari taklif etadigan yana bir afzallik film, teleshou, sport ko‘rsatuvlari yoki o‘yinlar tomosha qilish jarayonini haqiqiy, jonli voqealarga aylantirish imkoniyatidir. OLED-panelining o‘zini yorituvchi piksellari bir-biridan mustaqil ravishda yonadi va o‘chadi. Bu esa yanada tabiiyroq rang, ko‘proq kontrast va detallarni yaratish imkonini beradi. Ular shu darajada tabiiyki, sizda ularni ushlab ko‘rish istagi paydo bo‘ladi. LG OLED GX Dolby Vision IQ, Dolby Atmos, Filmmaker Mode funksiyalari va premium tarkib ro‘yxatiga ega xilma-xil ilovalar bilan ham jihozlangan.

LG OLED GX Sizga televizor tomosha qilish jarayonidan g‘aroyib zavq olish imkonini sovg‘a qiladi va mehmonxonangiz intereri uchun ajoyib qo‘shimchaga aylanadi. Hayotning yangi bosqichi yoki kelajakda sodir bo‘lishidan qat'iy nazar, bunday ko‘p funksiyali televizor har doim ajoyib tanlov bo‘ladi.

Reklama huquqi asosida

Top