15:53 / 18.01.2021
1767
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlaydi

Iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining uzoq muddatli davlat siyosatini ishlab chiqiladi. Bu haqda 2021 yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasida aytilgan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining qarori loyihasi ishlab chiqiladi. Loyihada:

  • O‘zbekiston Respublikasining 2030 yilgacha bo‘lgan iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash strategiyasini tasdiqlash;
  • iqlim o‘zgarishi oqibatlariga qarshi kurash bo‘yicha mintaqaviy strategiya loyihasini tayyorlash nazarda tutiladi.

Bajarish muddati - 2020 yil 1 sentabr, mas'ullar - Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), O‘zgidromet, Davlat ekologiya qo‘mitasi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Top