Şveytsariyalik pensionerlar taşkiloti öz mamlakatlari hukumatiga qarşi sudda ğalaba qozondi, ular davlatni global isişga qarşi kuraşda yetarli çoralar körmaganlikda aybladi. 9 aprel, seşanba kuni Inson huquqlari böyiça Yevropa sudi Şveytsariya rasmiylari Inson huquqlari töğrisidagi konvensiyani, xususan, da’vo arizasi bergan iqlim faollarining şaxsiy va oilaviy huquqlarini buzgan deb topib, da’vogarlar foydasiga qaror çiqardi.
Şveytsariyada Greenpeace taşabbusi bilan taşkil etilgan pensiyadagi ayollar uyuşmasi - Klimaseniorinnen a’zolari, yoşi ularni iqlim özgarişiga, ayniqsa haddan taşqari issiqlik davrlari tufayli ayniqsa sezgir qilişini ta’kidladi. Greenpeace ma’lumotlariga köra, taşkilotda Şveytsariya böylab 2500 dan ortiq ayollar bor, ularning örtaça yoşi - 73 yoş.
Axborot agentliklarining ta’kidlaşiça, uşbu sud jarayoni IHeS Katta palatasi tomonidan ma’lum bir mamlakatda CO2 taşlamalari bilan boğliq da’vo, şuningdek, iqlimni muhofaza qiliş qançalik inson huquqiga taalluqli ekani haqidagi da’voni birinçi marta körib çiqdi. Bu qaror kelajakda iqlim bilan boğliq sud jarayonlari uçun pretsedent bölişi kutilmoqda.
Şu bilan birga, Strasburg sudida iqlimni muhofaza qiliş bilan boğliq yana ikkita da’vo rad etildi. Xususan, IHeS olti nafar yoş portugaliyalikning Yevropaning 32 davlatiga qarşi da’vosi böyiça qaror çiqarişdan boş tortdi, çunki ular öz mamlakatlaridagi qonuniy imkoniyatlarni tugatmagan deb topildi. Bundan taşqari, sud Fransiyaning qirğoqböyi şaharlaridan birining sobiq meri tomonidan iqlimni muhofaza qiliş böyiça berilgan da’voni rad etdi.













