2024 yil mart oyi butun dunyo böylab kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mart böldi. Meteorologlar ketma-ket öninçi oy harorat rekordini qayd etmoqda. Bu haqda Copernicus Yevropa iqlim xizmati xabar berdi.

Qayd qilinişiça, mart oyida sayyora yuzasida örtaça harorat Tselsiy böyiça 14,14 darajani taşkil etgan — bu 1991 yildan 2020 yilgaça bölgan mart oylaridagi örtaça körsatkiçdan 0,73 darajaga yuqori. Bundan taşqari, bu 2016 yil mart oyi, ya’ni avvalgi rekord qayd etilgan davrga nisbatan ham 0,1 darajaga köp.

Oxirgi 12 oy davomidagi (2023 yil aprelidan 2024 yilning martigaça) global örtaça harorat ham tarixdagi eng yuqori körsatkiçga çiqdi. Harorat 1850−1900 yillardagi sanoatgaça bölgan davrga nisbatan 1,58 daraja yuqori böldi.

«2024 yil mart oyida havo va dengiz yuzasi harorati böyiça qator iqlim rekordlari kuzatilmoqda… Havo isib borişini töxtatiş uçun issiqxona gazlarining emissiyasini tez sur’atda kamaytiriş zarur», dedi Copernicus direktori örinbosari Samanta Byorjyes.

Yevropadan taşqari Şimoliy Amerika, Grenlandiya, Şarqiy Rossiya, Markaziy Amerika, Janubiy Amerikaning bir qismi, Afrikaning köp qismlari, Avstraliyaning janubi va Antarktidaning ayrim qismlarida örtaçadan yuqori harorat qayd etilgan.